<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Xudoga shukur (anʼanaviy)</title>
<lyrics>[V1]
 Tong saharda turgizgan
 Ishlarimni yurgizgan.
 Davru davron surgizgan
 Xudoga shukur deyman!

[V2]
 Rizqim har kuni tayin
 Shodlik berar kun sayin.
 Shabboda esar mayin
 Xudoga shukur deyman!

[V3]
 Quyosh kulib sochar nur
 Qoʻlimdadir ajib dur:
 &quot;Injil, Tavrot va Zabur&quot;
 Xudoga shukur deyman!

[V4]
 Olamga keldi najot,
 Odamga keldi najot.
 Masihda boqiy hayot
 Xudoga shukur deyman!

[V5]
 Yuragim tinch, xotirjam,
 Men bilan buyuk Egam!
 Solihman Masihda man
 Xudoga shukur deyman!

[V6]
 Shu sabab kuylar tilim,
 Sanolarga boy dilim.
 Najot topsa gar elim
 Xudoga shukur deyman!</lyrics>
<author>Ravshan Xizirov</author>
</song>